scratch-l10n/www/scratch-website.dmca-l10njson/uz.json
2019-05-09 10:57:18 -04:00

24 lines
No EOL
4.6 KiB
JSON
Raw Blame History

This file contains invisible Unicode characters

This file contains invisible Unicode characters that are indistinguishable to humans but may be processed differently by a computer. If you think that this is intentional, you can safely ignore this warning. Use the Escape button to reveal them.

This file contains Unicode characters that might be confused with other characters. If you think that this is intentional, you can safely ignore this warning. Use the Escape button to reveal them.

{
"dmca.intro": "Lifelong Kindergarten tadqiqot guruhi boshqalarning va oz azolarining intellektual huquqlarini hurmat qiladi. Agar huquqlaringiz buzilganini bilsangiz, copyright@scratch.mit.edu elektron pochtasiga yoki quyidagi manzilga xabar yuboring:",
"dmca.llkresponse": "Lifelong Kindergarten guruhi huquqlarning ehtimoliy buzilganligi haqidagi xabarnomani tezda korib chiqadi va “Raqamli dunyoda mualliflik huquqlari haqidagi Qonun” (“DMCA”) va intellektual mulk haqidagi boshqa qonunlarga kora vaziyatni hal etishga harakat qiladi. Xabarnomani qabul qilgan guruh mualliflik huquqi buzilgan materialni zudlik bilan ochirishi yoki unga kirishni taqiqlab qoyishi mumkin. Mualliflik huquqining qayta buzilishi bloklashga asos bolishi mumkin.",
"dmca.assessment": "Mualliflik huquqingiz buzilganini etirof etishdan avval etibor qarating: Scratch — notijorat talimiy dastur bolib, bolalarga moljallangan va ularga raqamli texnologiyalar asosida organishlari uchun zarur imkoniyatlarni taqdim etadi. “Halol foydalanish” doktrinasi “Copyright Act of 1976, 17 U.S.C. § 107”ga kiritilgan.",
"dmca.eyetoeye": "Siz Scratchdan nafaqat oz mahsulotingizni ommalashtirishda, balki bolalar talimi uchun xayrli ishlar qilish maqsadida ham foydalanishingizdan umid qilamiz.",
"dmca.afterfiling": "Agar siz mualliflik huquqingiz buzilgani haqida shikoyat qilmoqchi bolsangiz, sizning xabarnomangizni tahrirlangan shaxsiy malumotlar bilan chillingeffects.org kabi koordinatsion markazlardan biriga topshirilishiga etibor qarating. Diqqat qiling, agar sizning mualliflik huquqingiz buzilgani haqida yolgon malumot bergan bolsangiz, barcha xarajatlarni (advokat xizmati va gonorarini ham) tolashingizga togri keladi.",
"dmca.counternotification": "Qarama-qarshi ogohlantirish",
"dmca.ifremoved": "Agar kontentingiz DMCA olib tashlash haqidagi xabari tufayli olib tashlangan boʻlsa, siz ushbu materialdan foydalanish huquqiga egaman, deb hisoblasangiz va ushbu talabga qonuniy ravishda eʼtiroz bildirishni xohlasangiz, u holda DMCA qarama-qarshi ogohlantirishini bildirishingiz mumkin. Siz faqat agar ushbu kontent xatolik yoki xato aniqlash tufayli olib tashlangan va siz bu materialdan foydalanish huquqingizni talab qilib sudga murojaat qilishni xohlasangizgina qarama-qarshi ogohlantirish yuborishingiz lozim.",
"dmca.mailcounter": "DMCA qarama-qarshi ogohlantirishini e-pochta orqali copyright@scratch.mit.edu manziliga yoki pochta orqali quyidagi manzilga yuborish mumkin:",
"dmca.mustinclude": "Bu qarama-qarshi ogohlantirishga quyidagilar kirishi kerak:",
"dmca.fullname": "Ismi-sharifingiz",
"dmca.address": "Manzilingiz",
"dmca.phone": "Telefon raqamingiz",
"dmca.email": "E-pochta manzilingiz",
"dmca.username": "Scratch hisobingiz foydalanuvchi nomi",
"dmca.projecturl": "Olib tashlangan loyihalarning URL manzillari",
"dmca.statementerror": "Yolgʻon xabar uchun jazolanish mumkinligini tushungan holda taqdim etiladigan kontentning xatolik tufayli olib tashlangani haqidagi murojaat",
"dmca.statementjurisdiction": "Oʻzingiz yashaydigan yurisdiksiyaga rozilik bildirilgan murojaat",
"dmca.signature": "Imzoingiz",
"dmca.valid": "Yaroqli DMCA qarama-qarshi ogohlantirishini olgach, Scratch siz taqdim qilgan ushbu maʼlumotni sizga qarshi mualliflik huquqini daʼvo qilgan shaxsga yuboradi. Ular ushbu maʼlumotdan siz bilan bogʻlanish yoki agar sudga sizga qarshi daʼvo arizasini berishni xohlasa, bu haqda sizni ogohlantirish uchun foydalanadi.",
"dmca.lawsuit": "Agar biz DMCA olib tashlash ogohlantirishini yuborgan shaxsga qarama-qarshi ogohlantirish yuborilganidan keyin 10 (oʻn) ish kuni ichida daʼvo yuzadidan sud ishi boshlangani haqida ogohlantirilmasak, olib tashlangan kontent foydalanish uchun qayta tiklanadi.",
"dmca.repeat": "Huquqbuzarlikning takrorlanishi",
"dmca.disableaccess": "DMCA bizdan huquqbuzarlikni takrorlagan shaxslar uchun xizmatlarimizdan foydalanishni taqiqlashni talab qiladi. Agar biz biror shaxsga nisbatan DMCA olib tashlash daʼvosi haqida ogohlantirish olsak va bu shaxs qarama-qarshi ogohlantirish yubormasa, uning hisobiga ogohlantirish yoziladi. 3 (uch) marta shunday ogohlantirish berilgach, ushbu shaxsga oid hisob bloklanadi va uning Scratch xizmatlaridan foydalanishini bloklash yuzasidan standart choralar koʻriladi. Biz DMCA olib tashlash haqidagi ogohlantirishi olinganidan keyin hech kim muammo bilan tanishib chiqib, yaroqli qarama-qarshi ogohlantirish yubora olmay qolmasligi uchun yuqoridagi ogohlantirishlarni 10 (oʻn) ish kuni davomida tekshiramiz."
}