{ "teacherfaq.title": "Scratch o‘qituvchi hisobi savol-javoblari", "teacherfaq.teacherWhatTitle": "O‘qituvchi hisobi nima?", "teacherfaq.teacherWhatBody": "Scratch o‘qituvchi hisobi dars beruvchilar va ta’lim sohasining boshqa xizmatchilariga Scratch tizimidagi o‘quvchilarini boshqarish, o‘quvchi hisobini yaratish, studiyalarda o‘quvchi loyihalarini tashkil etish va ularning izohlarini kuzatish imkonini beradi. O‘qituvchi hisobi haqida ushbu videoda to’liq ma’lumot berilgan:", "teacherfaq.teacherSignUpTitle": "O‘qituvchi hisobi so‘rovini qanday yuborsam bo‘ladi?", "teacherfaq.teacherSignUpBody": "Scratch o‘qituvchi hisobi so‘rovini yuborish uchun bu formani to‘ldiring.", "teacherfaq.teacherWaitTitle": "Hisobni ochishga nima uchun bir kun kutish kerak?", "teacherfaq.teacherWaitBody": "Ariza topshiruvchi haqiqatan ham ta’lim sohasida ishlashini tekshirib chiqish va o‘qituvchi hisobini tayyrolash uchun vaqt talab etiladi.", "teacherfaq.teacherPersonalTitle": "Registratsiya jarayonida shaxsiy ma’lumotlar nima uchun kerak?", "teacherfaq.teacherPersonalBody": "Bu ma’lumotlar o‘qituvchi hisobini tasdiqlashimiz uchun kerak bo‘ladi. Bu ma’lumotlarni hech kimga tarqatmaymiz, saytda ham e’lon qilinmaydi.", "teacherfaq.teacherGoogleTitle": "Scratch Google Classroom kabi sinfni boshqarish bo‘yicha boshqa xizmatlar bilan bog‘langanmi?", "teacherfaq.teacherGoogleBody": "Yo‘q, Scratch o‘qituvchi hisobi sinfni boshqarish va o‘qitish bo‘yicha boshqa xizmatlar bilan bog’lanmagan.", "teacherfaq.teacherEdTitle": "Scratch o‘qituvchi hisobi ScratchEd bilan bog‘langanmi?", "teacherfaq.teacherEdBody": "Yo‘q, Scratch o‘qituvchi hisobi ScratchEd hisobi bilan bog‘lanmagan.", "teacherfaq.teacherMultipleTitle": "Sinfda bir qancha o‘qituvchilar bo‘lsa bo‘ladimi?", "teacherfaq.teacherMultipleBody": "Sinfga bitta o‘qituvchi bog‘langan bo‘ladi, xolos.", "teacherfaq.teacherQuestionsTitle": "O‘qituvchi hisobi haqida savollar va izohlarni qayerga yuborsa bo‘ladi?", "teacherfaq.teacherQuestionsBody": "O‘qituvchi hisobi haqida savollaringiz yoki takliflaringizni teacher-accounts@scratch.mit.edu manziliga yuborishingiz mumkin.", "teacherfaq.studentAccountsTitle": "O‘quvchi hisoblari", "teacherfaq.studentVerifyTitle": "Barcha o‘quvchilarning elektron pochtalari tasdiqlanishi kerakmi?", "teacherfaq.studentVerifyBody": "Yo‘q. Barcha o‘quvchilarning unikal elektron pochtalari mavjud bo‘lmagani uchun o‘qituvchi elektron pochtasining tasdiqlanishi yetarlidir. ", "teacherfaq.studentEndTitle": "Agar sinfni “yopsam” nima bo‘ladi?", "teacherfaq.studentEndBody": "Sinfni yopganingizda sinf profili ko‘rinmay qoladi va o‘quvchilar unga kira olmaydilar (ammo ularning loyihalari va sinf studiyalari saytda ko‘rinaveradi). Siz sinfni istalgan paytda qayta ochishingiz mumkin.", "teacherfaq.studentForgetTitle": "O‘quvchilar parollarini unutsa nima bo‘ladi?", "teacherfaq.studentForgetBody": "Siz o‘qituvchi hisobingiz orqali o‘quvchining parolini tiklab bersangiz bo‘ladi. Avvalo “Sinflarim” menyusiga kiring (yoki bosh sahifadagi binafsharang banner orqali foydalanuvchi menyusidan). U yerdan sinfni topib, “O‘quvchilar” havolasiga kiring. Parolni sozlamalar menyusidan o‘zgartirishingiz mumkin.", "teacherfaq.studentUnsharedTitle": "O‘quvchilarning hali e’lon qilinmagan loyihalarini ko‘rsam bo‘ladimi?", "teacherfaq.studentUnsharedBody": "O‘qituvchi hisobi orqali o‘quvchilarning faqatgina e’lon qilingan loyihalarini ko‘rish mumkin.", "teacherfaq.studentDeleteTitle": "O‘quvchilar hisobini o‘chirib tashlashim mumkinmi?", "teacherfaq.studentDeleteBody": "O‘qituvchi o‘quvchi hisobini o‘chira olmaydi. O‘quvchining o‘zi “Hisob sozlamalari”ga kirib, hisobini o‘chirishi mumkin.", "teacherfaq.studentAddTitle": "Mavjud boshqa Scratch hisobini sinfga qo‘shsam bo‘ladimi?", "teacherfaq.studentAddBody": "O‘qituvchi tomonidan yaratilgan hisoblargina sinf tarkibiga kira oladi. Biz funksiyalarni takomillashtirish bo‘yicha ishlayapmiz.", "teacherfaq.studentMultipleTitle": "O‘quvchi bir vaqtning o‘zida turli sinflarda bo‘lishi mumkinmi?", "teacherfaq.studentMultipleBody": "O‘quvchi faqatgina bitta sinf tarkibida bo‘lishi mumkin. Biz funksiyalarni takomillashtirish bo‘yicha ishlayapmiz.", "teacherfaq.studentDiscussTitle": "O‘qituvchilar bir-birlari bilan muhokamalar qiladigan manbalar bormi?", "teacherfaq.studentDiscussBody": "Ha, boshqa o‘qituvchilar bilan quyidagi manbalar orqali muhokamalarda ishtirok etishingiz mumkin: ScratchEd— Scratch dars beruvchilarining onlayn hamjamiyati. Forumga tashrif buyurib, bir qancha mavzularda, shuningdek, cheklanmagan o‘qituvchi hisobi haqida fikr almashishingiz mumkin. ScratchEd Garvard Oliy ta’lim maktabi tomonidan ishlab chiqilgan va qo‘llab-quvvatlanadi.", "teacherfaq.studentDataTitle": "Scratch o‘quvchilar haqida qanday ma’lumotlarni yig‘adi?", "teacherfaq.studentDataBody": "O‘quvchi Scratchda ro‘yxatdan o‘tganda biz undan jinsi, yoshi (tug‘ilgan oyi va yili), mamlakati va hisobni tasdiqlash uchun elektron pochta ma’lumotlarini so‘raymiz. Bu ma’lumotlardan (shaxslar oshkor etilmagan holda) Scratchni ishlatuvchilar haqidagi tadqiqotlarda foydalaniladi. O‘qituvchi hisobidan foydalanib, o‘quvchi hisobi ochilganda elektron pochta talab qilinmaydi.", "teacherfaq.studentPrivacyLawsTitle": "Scratch 2.0 (onlayn versiyasi) Amerika Qo‘shma Shtatlarining maxfiylik haqidagi mahalliy va federal qonunlari talablariga mos keladimi?", "teacherfaq.studentPrivacyLawsBody": "Scratch barcha foydalanuvchilar ma’lumotlari maxfiyligini ta’minlaydi. Scratchda yig‘ilgan ma’lumotlarni saqlashning tabiiy va raqamli metodlari mavjud. Garchi bizning bepul manbamizdan foydalanayotgan har bir tashkilot bilan shartnoma asosida kelishuv imzolash imkoni mavjud bo‘lmasa-da, biz Amerika Qo‘shma Shtatlarining barcha federal qonunlariga rioya qilamiz. MIT, 501(c)(3) tashkilotlari va Scratch tashkil etgan va qo‘llab-quvvatlayotgan tashkilotlar shular jumlasidandir. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Scratch maxfiylik siyosati bilan tanishib chiqishingizni tavsiya etamiz.", "teacherfaq.commTitle": "Hamjamiyat", "teacherfaq.commHiddenTitle": "Maxfiy sinf ochsam bo‘ladimi?", "teacherfaq.commHiddenBody": "Yo‘q. Sinfda e’lon qilgan barcha loyihalaringizni Scartch jamoasi ko‘ra oladi.", "teacherfaq.commWhoTitle": "O‘quvchilarim Scratch orqali o‘zaro muloqot qila oladilarmi?", "teacherfaq.commWhoBody": "O‘quvchilar hisobi boshqa Scratch hisoblari kabi huquqlarga ega bo‘lib, unda ham hamkorlikda loyihalar yaratish, izohlash, studiya ochish imkoni mavjud. O‘qituvchi sifatida o‘quvchilaringizning faoliyatini kuzatib borish, aloqalarini mustahkamlash imkoniyatingiz bor.", "teacherfaq.commInappropriateTitle": "Agar biron noma’qul kontentni ko‘rsam nima qilishim kerak?", "teacherfaq.commInappropriateBody": "O‘quvchilaringiz tomonidan yaratilgan noma’qul loyiha va izohlarni o‘chirib tashlashingiz mumkin. Agar sizning o‘quvchilaringizdan boshqalar tarafidan yaratilgan noma’qul kontentni ko‘rsangiz, “Shikoyat qilish” tugmasini bosib, yoki Biz bilan bog‘laning sahifasi orqali bizga xabar yuborishingiz mumkin." }